
Joriy yilning 6-13-may kunlari Chet tillar kafedrasi tomonidan universitetimizning barcha yo‘nalishlari 1-kurs talabalari o‘rtasida ingliz va fransuz tili fanlaridan olimpiada tashkil etildi.
Bir necha bosqichda o‘tkazilgan ushbu bilimlar bellashuvida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Yakuniy bosqichda eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, esdalik sovg‘alari va sertifikatlarga sazovor bo‘ldilar.
Ingliz tili fanidan g‘oliblar:
1-o‘rin — Islomov Sunnatjon;
2-o‘rin — G‘ofurova Laziza;
3-o‘rin — Bobomurodov Akbar.
Fransuz tili fanidan g‘oliblar:
1-o‘rin — Muxidinov Faxriddinjon;
1-o‘rin — Pantyuchenko Roman;
2-o‘rin — Sobirova Sabrina;
3-o‘rin — Tuxtanova O‘giloy.
⭐️ Barcha olimpiada ishtirokchilariga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusidagi o‘qish va ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!