School of Computing and Digital Media Research Centre) faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

  • Asosiy
  • School of Computing and Digital Media Research Centre) faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Buyuk Britaniyaning yetakchi London Metropolitan Universitetiga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, Xisoblash va Raqamli Media ilmiy tadqiqot markazi (School of Computing and Digital Media Research Centre) faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📌 Shuningdek, tashrif davomida universitetlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, turli mos sohalarda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish, jumladan, talabalar uchun almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish muhokama etildi.

Ma’lumot uchun: London Metropolitan Universiteti QS Dunyo universitetlar reytingining Top-1000 taligidan joy olgan va jadal sur’atlarda o‘z o‘rnini yuqorilatib kelayotgan dunyo yetakchi universitetlardan biridir.