Joriy yilning 23-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetida “Central Asia 2019. Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslarining oʻrni” mavzusida XIII xalqaro konferensiya doirasida “Innovatsion rivojlanish uchun ilmiy axborot resurslar”11 – ilmiy-amaliy seminari tashkil etildi.
Seminarda 20 dan ortiq davlatdan (Xususan, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Chexiya, Qozogʻiston shular jumlasidan) ekspertlar, akademiklar shuningdek, yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Seminar universitetning katta majlislar zalida boʻlib oʻtdi.
Avvalo shuni aytib oʻtish kerakki, ushbu seminar “Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” 13- Halqaro konferensiya doirasida tashkil etilgna boʻlib, seminar maqsadi – ilmiy taʼlim maʼlumotlar bazalari va analitik tizimlar bilan tanishish va ulardan ilmiy tadqiqotlar, taʼlim va axborot-kutubxona muassasalarida foydalanish koʻnikmalarini egallash.
TATU matbuot xizmati