🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash maqsadida Kent Davlat universiteti (AQSh) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida Central Asia University Partnerships Program-UniCEN_”Akkreditatsiya va sillabuslarni ishlab chiqish mexanizmlarini takomillashtirish” (2020-2021-yillar) loyihasi amalga oshirildi.
✅Loyiha dasturi doirasida universitetlar professor-o‘qituvchilari o‘zaro tashriflar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, ammo pandemiya tufayli tashriflar amalga oshirilmadi, loyiha dasturidagi rejalashtirilgan kurs va seminarlar onlayn amalga oshirildi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda loyiha byudjetidan Kent Davlat universiteti TATU professor-o‘qituvchilari malakasini oshirish va fan dasturlari uchun sillabuslarni takomillashtirish maqasadida bir qator oq’uv qo’llanmalar va darsliklar, xususan: “Sillabuslarni ishlab chiqish”, “Kursdan kutiladigan natijalarini baholash”, “Oliy o‘quv yurtlari uchun amaliyotlar” kabi jami 37 dona kitoblarni taqdim etdi.
✅Shuningdek, loyihaning mahalliy koordinatori Sherzod G‘ulomov UNICEN loyihasini kelajakda yanada barqarorligini ta’minlash maqsadida Kent Davlat universiteti va TATU o’rtasida hamkorlik davom etishi va yangi loyihalarni amalga oshirilishini ta‘kidlab o’tdi.