Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 11–21-fevral kunlari “WikiAntiKorrupsiya” onlayn tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish shartlari juda oddiy. @WikiTanlov_bot orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, do‘stlaringizni taklif qilasiz va Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi 40 ta test savoliga javob berasiz.
🤩Tanlov yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 30 nafar g‘olibning Milliy sertifikat yoki CEFR imtihonida ishtirok etish xarajatlari qoplab beriladi.
Tashkilotchilar: Yevropa Ittifoqi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
Bilimingizni sinang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!