Professor-o‘qituvchilar malaka oshirishdan qaytdi

2017 yil 28 fevral – 27 iyun muddatga 9 nafar TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Xanyang, Seul fan va texnologiya milliy universiteti va Chung-Ang universitetiga malaka oshirish uchun yuborilgan edi.

AKT yo‘nalishida o‘z bilim va tajribalarini orttirish maqsadida har bir professor-o‘qituvchi 3 ta fandan o‘z yo‘nalishlarida malaka oshirdilar.

Malaka oshirish davomida professor-o‘qituvchilar ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha tezis va maqolalar bilan xalqaro anjuman va ilmiy seminarlarda ishtirok etdilar.

Har bir professor-o‘qituvchi malaka oshirish davomida olgan bilim va ko‘nikmalari asosida TATUda mavjud fanlarni yangilashda faol qatnashib, zamon talablariga mos fan dasturlarini ishlab chiqdilar. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar malaka oshirgan universitetida mavjud laboratoriyalar bilan tanishib, o‘rganilgan bilimlari va tajribalari asosida TATUda zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqmoqda.

Chung-Ang universiteti yangiliklar sahifasida universitetimizning malaka oshirgan professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot chop etildi. (http://news.cau.ac.kr/bbs/news_view.php?idx=4952)