Carzone.uz portalining mobil ilovasi yaratildi

  • Asosiy
  • Carzone.uz portalining mobil ilovasi yaratildi

TATU qoshidagi O'zbek-Hind AT markazining "ProLab Android" jamoasi Carzone.uz avtomobil yangiliklari portalining mobil ilovasini ishlab chiqishdi.

Carzone.uzavtomobillar olamidagi eng so‘nggi va qiziqarli xabarlarni berib boradi. Mahalliy va dunyo avtomobilsozlik yangiliklari va avtomobil narxlarini shu yerdan topasiz. Shuningdek, mobil ilova va saytda haydovchilar uchun mutaxassislardan maslahat va tavsiyalar berib boriladi. Mobil ilova yordamida yangiliklarni offlayn kuzatib borish imkoni mavjud. 

Mobil ilovada Android qurilmalar uchun ilovalar yaratishning eng oxirgi tendensiyalaridan foydalanildi. Yangiliklardagi grafik ma'lumotlarni yuklashda mobil internet trafigini tejash bo'yicha bir qancha sozlanmalarga ega ushbu dastur avtoishqibozlar uchun mo'ljallangan. Dasturni Google Play ilovalar do'konidan yuklab olishingiz mumkin.