C1 darajada chet tillarini bilgan yoshlarimiz yuqori daromadli ishga ega bo’lishlari aniq, Xalqaro imtihon xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi yo’lga qo’yilgan bo’lsada, lekin sertifikat olayotgan yoshlarimiz soni yetarli emas. Bu xizmat haqida eshitganmisiz?
my.gov.uz da Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishiga doir davlat xizmati ishga tushirilgan: https://my.gov.uz/uz/service/413
Bugun sizlarning fikringizni bilmoqchimiz. Xizmatdan foydalanib ko‘rdingizmi? Biror muammoga duch kelganmisiz?
Xizmatni yanada soddalashtirish bo’yicha takliflar ham biz uchun muhim: https://bit.ly/49Q8txr