
Bugun Londonda xalqaro darajadagi O‘zbekiston–Buyuk Britaniya Oliy Ta’lim Forumi o‘z ishini boshladi!
Forum - "Barqaror hamkorliklarni rivojlantirish: Inklyuziv universitetlar va ishlab chiqarish bilan hamkorlik" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, 15-16 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum doirasida Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.
Forumda TATU rektori professor Baxtiyor Maxkamov ishtirok etmoqda va ikkinchi sessiyada dual ta’lim tizimi va sanoat–ta’lim hamkorligi haqida so‘z yuritishi belgilangan.
Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, British Council, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, London South Bank universiteti va Westminster universiteti hamkorligida tashkil etilgan.
TATU xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda!