✅Unda 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga bo‘lingan holda NASA tomonidan berilgan dolzarb 30 ta mavzu boʼyicha oʼzlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqishdi.
💻 Ushbu hakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faol qatnashib sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🗒 Qayd etish lozim, “NASA space apps challenge” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashishadi. O‘zbekiston esa mazkur hakatonda 3 yildan buyon muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.