Bugungi kunda nazariya va amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish, talabalarni korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masala sanaladi.

  • Asosiy
  • Bugungi kunda nazariya va amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish, talabalarni korxona va tashkilotlardagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan yaqindan tanishtirish dolzarb masala sanaladi.

Magistrlar va talabalarning magistrlik dissertatsiyasi va bitiruv ishi himoyalarini tashkilotlarda olib borish, bunda kadrlar tayyorlashda yetakchi o‘rinlarda turuvchi muassasalar va soha korxonalarining ishtirokini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. Ayniqsa, himoyalarda mutaxassislarning, soha vakillarining ishtiroki himoyalarning yanada qizg‘in olib borilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, “Elektron tijorat” yo‘nalishi bakalavr talabalarining va “Elektron tijorat” mutaxassisligi magistratura talabalarining diplom himoyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va O‘zbektelekom AKda tashkil etildi.