Bugun universitetimizning ramziy bayrog‘i prorektorlar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlariga tantanali topshirildi.

  • Asosiy
  • Bugun universitetimizning ramziy bayrog‘i prorektorlar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlariga tantanali topshirildi.
Dunyoda barcha yetakchi universitetlarning o‘z ramziy bayroqlari mavjud bo‘lib ushbu bayroqlar ayricha rang va timsollarga ega. Joriy yilning iyul oyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ramziy bayrog‘i ishlab chiqildi.
 
 
Bugun universitetimizning ramziy bayrog‘i prorektorlar, fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlariga tantanali topshirildi.
 
Talaba yoshlarimizning beg‘ubor qalbidek oq bo‘lgan fonga TATU logotipi va shiorimiz yozuvi aks ettirilgan ramziy bayrog‘imiz ostida barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalar birlashib, ta’lim sifatini yanada oshirgan holda mehnat bozoriga yetuk mutaxassislarni yetishtirishga hamda universitetimizning nufuzini oshirishga birgalikda harakat qilamiz!