
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanganiga doir yangiliklar butun yurtimizda katta qiziqish bilan kuzatilmoqda. Shunday muhim pallada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti abituriyentlar va ularning yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda.
Universitet rektori B.Maxkamov boshchiligidagi mas’ul jamoa test sinovlari o‘tkazilayotgan Uzekspo markazida jarayonni doimiy kuzatib bormoqda va joylardagi holat, tashkiliy ishlar va yaratilgan qulayliklarni bevosita nazorat qilmoqda.
TATU tomonidan test sinovlariga kelgan abituriyentlar hamda ularni kuzatib kelgan ota-onalar bir qator shart-sharoitlar yaratilgan:
⏺Qariyb 800 nafar ota-onalar vakillari uchun kutish joylari tashkil qilingan;
⏺Havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan;
⏺Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan;
Ushbu tashabbuslar yoshlarimizga tinch, xotirjam va ijobiy muhitda imtihon topshirishlariga xizmat qiladi. TATU har bir abituriyentning orzusi va intilishiga mas’uliyat bilan yondashadi.