
Yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar Final bosqichi uchun Shimoliy va Janubiy Amerikani ajratib turuvchi Panama davlatiga yo‘llanma oladilar.
O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilda Gretsiya davlatida bo‘lib o‘tgan musobaqada faxrli 2-o‘rinni egallab 5 ta kumush medal bilan qaytishgan edi.
2025-yil ham yuqori natijalarni kutib qolamiz.
Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, TATU hamda IT park rezidentlari Realsoft va Robotics Lab korxonalari jalb etilgan.
Terma jamoalarga universitetimizdan Zarif Qodirov va Adizbek Ergashevlar murabbiylik qilmoqda.