Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Polshaning Systemics PAB kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Polshaning Systemics PAB kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy mavzusi — TATU hududida zamonaviy 5G o‘quv-ilmiy tarmog‘ini yaratish va ushbu yo‘nalishdagi uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. TATU rektori B. Maxkamov tashabbus va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, universitetda joriy etilayotgan innovatsion texnologiyalar, metodikalar, zamonaviy laboratoriyalar qatorida Systemics PAB bilan hamkorlikda  5G o‘quv-ilmiy tarmog‘ini yaratish ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydigan laboratoriya muhitini  yaratishga katta hissa qo‘shishini takidlab o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida TATU hududida ilmiy va o‘quv maqsadlarda foydalaniladigan to‘liq funksional 5G tarmog‘ini barpo etish, o‘zaro tajriba almashinuvi va bilimlarni transfer qilish, yaqin oylarda maxsus o‘quv-laboratoriya muhitini yaratish ishlarini boshlash, Polsha OTMlari bilan stipendiya dasturlari yuzasidan kelishuvlar ustida ish olib borishga kelishildi.