Bugun jonajon Vatanimiz - O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 34 yil to‘ldi.

  • Asosiy
  • Bugun jonajon Vatanimiz - O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 34 yil to‘ldi.

Fursatdan foydalanib, "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida eng ulug‘ va eng aziz ayyomni katta xursandchilik hamda zafarlar bilan qarshi olayotgan butun universitetimiz jamoasini, O‘zbekiston xalqini - Istiqlolimizning qutlug‘ 34-bayrami bilan muborakbod etamiz.

Betakror Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdan hech qachon tolmaylik, charchamaylik! Barchamizga, jonajon yurtimizning kamolini, farzandlarimiz va nabiralarimizning baxt-u iqbolini ko‘rish nasib etsin! O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin! Mustaqillik shodiyonalari muborak bo‘lsin.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!