Bugun INTI xalqaro universitetida “Visiting Scholars program” dasturi ishtirokchilarni universitet fakultet a’zolariga tanishtirish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Bugun INTI xalqaro universitetida “Visiting Scholars program” dasturi ishtirokchilarni universitet fakultet a’zolariga tanishtirish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining O‘quv media markazi direktori Joldasov Shohislom, Kompyuter injiniringi fakulteti, Mutimedia texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Eldor Sayfievlar Malayziyaning INTI xalqaro universitetida professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan almashinuv dasturida (“Visiting Scholars programm”) ishtirok etmoqdalar.

✅ Bugun INTI xalqaro universitetida “Visiting Scholars program” dasturi ishtirokchilarni universitet fakultet a’zolariga tanishtirish ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

👨‍🏫 Mazkur dastur orqali TATU professor-o‘qituvchilari xorijiy  yetakchi universitetda talabalarga dars mashg‘ulotlarini olib boradilar.

🤝 TATU hamda INTI xalqaro universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandumga ko‘ra, yuqoridagi dastur asosida joriy yilda INTI universiteti professor-o‘qituvchilari TATUda dars berishni boshlaydilar. Bu esa universitetimizning xalqaro reytinglarda nufuzini oshirishga, xorij tajribasini o‘rganish, xalqaro professor-o‘qituvchilarni ta’limga jalb etish orqali  universitetni xalqarolashtirishga o‘z hissasini qo‘shadi.