
Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Andreyevich Pekos, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ishanxodjayev Asror Aslanovich, Unikon.uz korxonasi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Azimov Ulug‘bek Muzapparovich, O‘zbektelekom AK Boshqaruv raisining tijorat masalalari boʻyicha o‘rinbosari Islamov Javlon Rasulovich, ATB Aloqabank boshqaruv raisi o‘rinbosari Maxkamov Farrux Murodovich, UMS MChJ Axborot xavfsizligi va rejim bo‘yicha direktor Olmatov Baxromjon Adxamovich, Raqamli texnologiyalar vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Tursunov Nodir Baxodirovich, Kiberxavfsizlik markazi direktor o‘rinbosari G‘afurov Sharifjon Raximovich va O‘zbekiston pochtasi rahbari Fayzullayev Alisher Nasibullayevichlar faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladilar. Bitiruvchilarga esdalik yorliqlarini tantanali topshirib, ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
2024/2025 - o‘quv yilida universitetimizda jami 2 285 nafar, shundan 2196 nafar bakalavriat, 89 nafar magistrant bitiruvchilar tayyorlandi.
Marosim nafaqat bitiruvchilar uchun, balki ularning oila a’zolari va do‘stlari uchun ham katta xursandchilik bo‘ldi.