Bugun, 6-iyun kuni universitet hududidagi oshxonalar ko'zdan kechirildi
Ko'zdan kechirish davomida talabalarni ijtimoiy huquqini himoyalash, talabalar kundalik ovqatlanishi uchun oshxonalarda tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati va narxiga alohida e'tibor qaratilib, taomlarga belgilangan narxlarning sun'iy ravishda oshib ketmasligi nazoratga olindi.
Shu o’rinda alohida ta'kidlab o’tish joizki, universitetimizning oshxonalarida taom xarid qilgan talabalarga non va choy mutlaqo bepul taqdim etish yo'lga qo'yildi va ushbu bepul non va choyning qiymati taomlarga qo'yilmasligi ta'minlandi.