Bugun, 4-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Issiqlik elektr stansiyalari AJ vakillari tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • Bugun, 4-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Issiqlik elektr stansiyalari AJ vakillari tashrif buyurdilar.

 

Bugun, 4-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Issiqlik elektr stansiyalari AJ vakillari tashrif buyurdilar.

☑️ Tashrif doirasida jamiyat Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiyot va tijoriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari A. Djurayev hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi T. Zarifov universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim, ilmiy-innovatsion muhit va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

📊 Uchrashuv davomida oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, talabalar amaliyotini tashkil etish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

♻️ Shuningdek, talabalar bitiruv malakaviy ishlarini Issiqlik elektr stansiyalari AJ bazasida tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvlar bildirildi.

🎁 Tashrif yakunida mehmonlarga universitet esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

👍 TATU va Issiqlik elektr stansiyalari AJ o‘rtasidagi hamkorlik energetika sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.