Bugun, 24-may - So‘nggi qo‘ng‘iroq!

  • Asosiy
  • Bugun, 24-may - So‘nggi qo‘ng‘iroq!

Bugun TATU rektori, professor Baxtiyor Maxkamov o‘zi tahsil olgan, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan 9-maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. U yerda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, ayniqsa IT sohasidagi imkoniyatlar haqida yoshlar bilan hayotiy misollar orqali ma’lumot berdi.

Biz yoshlarimizga katta umid bog‘laymiz va zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, deb ta’kidladi rektor uchrashuv davomida.

Rektor tomonidan bitiruvchilarga aytilgan ilhomlantiruvchi so‘zlar orqali ularning kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishlariga umid qilamiz!

Aziz bitiruvchilar!

Bugun sizlar yangi hayotga qadam qo‘yayotgan baxtli kunda, Vatanimiz kelajagi sizning qo‘lingizda ekanini unutmang. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qoling, doimo izlaning va oldinga intiling.

Barchangizga buyuk muvaffaqiyatlar va baxt tilaymiz!