👥 Bugun, 21-fevral kuni universitetimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturini keng jamoatchilikka targ‘ib qilish maqsadida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
💬 Tadbirni Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi ma’sul xodimi J.M.Yakubov hamda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i M.Miryoqubov, bosh mutaxassis A.Maxmudov olib borishdi.