Yevropa ittifoqining ERASMUS+ INMACOM loyihasining navbatdagi uchrashuvi Brussel Vrije Universitetida o‘z ishini davom ettirmoqda.
Ghent universitetidagi uchrashuv yakunlanib, ishtirokchilar Brussel Vrije Universitetining tajribalari bilan tanishmoqdalar.
Ghent universitetidagi muhokamalar natijasida, talabalarning almashinuvi, professor o‘qituvchilarning, PhD talabalarning stajirovkalari, hamkorlikda loyihalar yozish kelishib olindi hamda bularni anglashinuv memorandumi (MoU) bilan rasmiylashtirishga kelishildi.
(Joriy yilning 22-27-may kunlari loyiha ishtirokchilari navbatdagi muhokama uchrashuvini hamda seminar-treninglar o‘tkazishadi, bunda Belgiya davlatining Gent universiteti va Brussel Vrije universitetlari mezbonlik qilmoqda.
Unda loyihaning 11 ta a’zosi, jumladan Yevropaning 3 ta: Ghent Universiteti, Brussel Vrije Universiteti, Turin Politexnika Universiteti, O‘zbekistonning 4 ta oliy ta’lim muassasasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Uzbektelekom va Mir Solar korxonalarining vakillari ishtirok etmoqda).