Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Brashovning Translivaniya universiteti (Ruminiya) professorlari tashrifi
Joriy yilning 7-8-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasida “Developing services for Individuals with Disabilities-DECIDE (Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun xizmatlarni rivojlantirish)” Brashovning Translivaniya universiteti (Ruminiya) professorlari Angela Repanovici, Daniela Popa va Claudiu Coman hamda Drezden texnika universiteti (Germaniya) professorlari Sven Riddell va Gerard Cullenlar tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari va mutaxassislariga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun “Marketing - Nazariya va amaliyotga kirish” va "Aloqa mutaxassisi" modullari bo‘yicha monitoring seminar-treninglar amalga oshirildi.
Seminar-treninglardan asosiy maqsadi Boloniya jarayoni va BMT mezonlariga muvofiq inklyuziv ta’lim, ijtimoiy integratsiya va ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan shaxslar uchun loyiha doirasida ishlab chiqilgan modullarni tadbiq qilishga bag‘ishlangan. Bu esa o‘z navbatida imkoniyati cheklangan shaxslarning ta’lim olish huquqi va jamiyatning kundalik hayotida huquqlarini himoya qilishga asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.