Kuni kecha, ya’ni 5 - yanvar sanasida fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda tyutorlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
📌O‘quv seminar davomida quyidagi mavzularda taqdimotlar bo‘lib o‘tdi:
- tyutorlarning o‘quv, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini samarali tashkil etish;
- universitetda Hemis dasturi bo‘yicha talabalar faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;
- ma’naviy va ma’rifiy ishlarni bajarilish mexanizmlari (topshiriqlar, hisobotlar, tadbirlar) haqida;
- yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari to‘g‘risida;
- tyutorning talabalar turar joyidagi faoliyatini tashkil etish metodikasi;
- tyutorning ijarada yashaydigan talabalar bilan ishlashini tashkil etish mexanizmlari;
- talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari;
- talabalarni madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etishni tartibli tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish;
✅Barcha qatnashuvchilar uchun qiziqarli va mazmunli bo‘lgan o‘quv seminar davomida tinglovchilar uchun foydali metodlar, yondashuvlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.