Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy merosini namoyon etadigan ilmiy-maʼrifiy maskandir

  • Asosiy
  • Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy merosini namoyon etadigan ilmiy-maʼrifiy maskandir

⚡️Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy merosini namoyon etadigan ilmiy-maʼrifiy maskandir

🏛Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Oʼzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishishga doir seminar boʼlib oʼtdi.

Seminarda Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy faoliyati muqaddas islom dini bilan bogʼliq boy merosni ilmiy tadqiq etish, tarixiy renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, buyuk ajdodlarning jahon tamadduni, diniy va dunyoviy ilmlar rivojiga qoʼshgan hissasini zamonaviy usullar va vositalar orqali yoritib borishdan iborat ekanligi taʼkidlab oʼtildi.

Tadbir davomida xattotlik sanʼati, allomalarning islom dini hamda fanga qoʼshgan hissasi, qoʼlyozmalarni asrash, markaz kutubxonasi faoliyatiga oid maʼlumotlar taqdimoti qilindi.

Tadbir jarayonida xattotlik sanʼatidan namunalar koʼrsatildi.