
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi
✍️Memorandum natijasida barcha “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyatini yuqori bosqichga olib chiqish hamda to‘garak a’zolarining mazkur yo‘nalishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish ko‘zda tutilgan.