Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 22-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga taniqli shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Uchrashuvda shoir Bobur Bobomurod kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bugungi kunda axborot texnologiyalarini jadallik bilan rivojlanayotgan bir sharoitda kitobning elektron shaklga ko‘chishi va barcha taraqqiyot asosi kitob ekanligiga urg‘u berib, Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlikni targ‘ib etish ahamiyati haqida gapirib, o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi.

Tadbirda yosh ijodkor Muhammad Ayub “Ona”deb nomlangan monologni o‘qib berdi. Tadbir nihoyasida talaba-yoshlar o’rtasida o‘rtasida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovida faol ishtirok etganlarga o‘z dastxati bilan ezgu tilaklari yozilgan kitoblarini taqdim etdi.