“TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” nomli loyiha doirasida universitet jamoasi KOOKMIN universitetiga tashrif buyurdi. 

  • Asosiy
  • “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” nomli loyiha doirasida universitet jamoasi KOOKMIN universitetiga tashrif buyurdi. 

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Koreya Respublikasining KOOKMIN universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” nomli loyiha doirasida universitet jamoasi KOOKMIN universitetiga tashrif buyurdi. 

✅ Ushbu tashrif davomida loyihaning 1-bosqichida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi. Shu bilan birga kelgusi davrdagi ishlar muhokamasi, jumladan, “Industry-Academia Collaboration”, “Mid & long term operations strategy” modulini amalga oshirish hamda TATUda startaplarni rivojashtirishga ko‘maklashuvchi "Co-Working" markazi va Spin-Off kompaniya tashkil etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bosqichlari muhokama qilindi.
 
🌐 TATUda Global IT Biznes dasturini yo‘lga qo‘yish orqali talabalarga loyihalarni boshqarish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, elektron tijorat platformalari va onlayn marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilimlar berilib, ushbu yo‘nalishlarda malakali kadrlar  ko‘nikmalar tayyorlanadi.

📄 Ma’lumot o‘rnida: Universitetda 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan qiymati 5 million dollar bo‘lgan “TATUda Global IT Biznes  ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish" (Establishing an Innovative Business IT Education Ecosystem at the Tashkent University of Information Technologies) nomli grant loyihasi doirasida Living Lab (FabLab) konsepsiyasi asosidagi talabalarning innovatsion yechimlari, ishlanma (prototip) va xizmatlarini ishlab chiqarish hamda rivojlantirish, shuningdek, universitetda 700 kv.metr hududida laboratoriya tashkil etish va talabalarning start-up loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy va global bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib turli mentorlik dasturlari amalga oshirilmoqda.