🙋 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida soha mutahassislari bilan "OIV-infeksiyasi kasalligiga chalinishning oldini olish" mavzusida talabalar uchun profilaktik davra suhbati tashkil qilindi.
📌 Bundan ko‘zlangan maqsad -talabalarning OIV (Odamning imunitet tanqisligi virusi) va OITS (Ortirilgan imunitet tanqisligi sindiromi) kasalligi, uni yuqtirish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berishdir.
💬 Davra suhbati davomida talablar OIV va OITS kasalligiga oid barcha savollariga mutaxassislardan javob olishdi. Shu bilan birga taqdimot va video rolik orqali mavzu chuqurroq va batafsil yoritib berildi.