TATU talabalari uchun “Biz nechun sevamiz, Oʻzbekistonni” mavzusida hikoyalar tanlovi eʼlon qilinadi!

  • Asosiy
  • TATU talabalari uchun “Biz nechun sevamiz, Oʻzbekistonni” mavzusida hikoyalar tanlovi eʼlon qilinadi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, yurt kelajagi va mamlakat taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan ulkan zafarlarga daxldorlik xislatlarini shakllantirish, shuningdek, talabalarni oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratish hamda erkin fikrga ega yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Biz nechun sevamiz, Oʻzbekistonni” mavzusida hikoyalar tanlovi eʼlon qilinmoqda!

Tanlov shartlari va baholash mezonlari:

  • mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi;
  • ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yozilganligi;
  • mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlari;
  • mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
  • mavzuni yoritishda oʻziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.

Hikoyalar Word formatida 2020-yil 27-iyun soat 12:00 gacha telegram manzili orqali @tanlov_tatu yoki +998 90 1876836 raqamiga telegramm orqali yuborilishi kerak.

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho savgʻalar bilan taqdirlanadi.