Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Giyohvandlikka qarshi kurash" oyligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
📄Tadbirda giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, ogohlik davr talabi ekanligi, ayniqsa yoshlar orasida ushbu illatning tarqalishini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarning samarali mexanizmlari kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirildi hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligiga to‘xtalib o‘tidi.
📌 Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettiruvchi filmlar ham namoyish qilindi.