Bitiruvchilarimizning ijod maxsuli

Ma’lumki, Universitetimizda «Televizion texnologiyalar» fakulteti «Telestudiya tizimlari va ilovalari» kafedrasi bitiruvchilari tomonidan BMI sifatida yaratilgan filmlari namoyishini o‘tkazish an’anasi mavjud.

Bugun TATU Media markazida ushbu an’ana doirasida Universitetimiz хodimlari va professor-o‘qituvchilariga O‘zbekistonda хizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyоr Xolxujaev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xujjatli film namoyishi o‘tkazildi.

Rejisser, operator sirtqi bo‘lim bitiruvchisi Xaydarov Xalilillo, BMI rahbari «Telestudiya tizimlari va ilovalari»  kafedrasi mudiri, dotsent Batyr Bazarbaev.

Tadbirda filmning bosh qahramoni Baxtiyor Xolxo‘jayev ishtirok etib, film avtori va ustozlariga, xamda namoyish tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Barcha ishtirokchilar filmga yaхshi baho berib, yurtimizda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor Xolxo‘jayevni olqishladilar.

 

TATU matbuot-xizmati