Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

  • Asosiy
  • Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining kichik faolar zalida Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Raxmatullayev boshchiligidagi hokimiyat vakillari bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tashkiliy guruh a’zolari Samarqand viloyati hokimligi istiqbolli kadrlar zahirasi haqida, o‘z tengqurlari orasida namunali bo‘lgan kadrlar zahirasiga saralab olingan talabalarga beriladigan imkoniyatlar haqida batafsil tushunchalar berdilar.

Kadrlar zahirasiga olinishi rejalashtirilgan universitetning bitiruvchi iqtidorli talabalari bilan suhbat davomida ularning kelajakdagi rejalari, Respublikamizning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ularning taklif va mulohazalari tinglandi.