👌Bitiruvchi kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat !!!

  • Asosiy
  • 👌Bitiruvchi kurs talabalari uchun ajoyib imkoniyat !!!

#HuaweiUzbekistan 2024 stajirovka dasturini ochadi!

Bu intiluvchan talabalar uchun turli xil raqamli domenlarda qimmatli tajriba orttirish va amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng #Huawei oilasiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qulay imkoniyatni taqdim etadi.
Domenlar: Ma’lumotlar kommunikatsiyalari, Simsiz aloqalar, Asosiy tarmoq, RF muhandisligi, OWS muhandisligi, Smartcare muhandisligi.

🕒 Dastur davomiyligi 3 oy.

📌 Shu munosabati bilan TATUda Huawei kompaniyasi vakillari tomonidan talabalar bilan to‘g‘ridan to‘gri suhbat o‘tkaziladi. Tashkil etilayotgan tadbirga talabalardan o‘zlari bilan tarjimai hollari (CV) va akademik transkriptlarini olishlari so‘raladi.

🎓 Bakalavr va magistr talabalar orasida:
- asosiy IT ko‘nikmalari va bilimlari;
- ravon ingliz tili;
- mukammal muloqot qobiliyatlari;
- o‘rganish va rivojlanishga kuchli tayyorlik talab etiladi.

🕒 Tadbir vaqti: 20-fevral 14:00
📍 Tadbir joyi: TATU, E bino 313-xona

🔗 Talablar haqida batafsil ma’lumot quyidagi havolada (https://www.huawei.com/uz/careers) berilgan.

Barcha 4-kurs bakalavr bosqichi va 2-kurs magistratura bosqichi talabalarini kutib qolamiz!!!