Bitiruv oldi amaliyoti davom etmoqda!

  • Asosiy
  • Bitiruv oldi amaliyoti davom etmoqda!



Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yil fevral oyidan boshlab Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)da Televizion texnologiyalar fakulteti 4-bosqich talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti jarayonlari boshlandi.

Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyot o‘tamoqdalar:
 “Oʻzbekiston 24” telekanali
 “Madaniyat va ma’rifat” telekanali
 Telemarkaz

Amaliyot jarayonining ahamiyati:
 Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish;
 Professional televideniye muhitida real ish tajribasini shakllantirish;
 Zamonaviy media va efir texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
 Kelajakdagi malakali media mutaxassislarini tayyorlash.

Bitiruv oldi amaliyoti — bu bilim va ko‘nikmalarni real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlash, kasbiy mahoratni oshirish hamda sohada raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishning muhim bosqichidir.

Talabalarimizga amaliyot jarayonida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!