

Belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yilning 2-fevral sanasidan AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti 4-bosqich talabalari uchun bitiruv oldi amaliyoti boshlandi.
Talabalar quyidagi ta’lim muassasalariga amaliyot o‘tash uchun yo‘naltirildi:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-son akademik litseyi;
46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi;
Xususiy maktablar va o‘quv markazlari.
Mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliyot jarayoni davomida talabalar real ta’lim muhitida dars jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.