Bitiruv oldi amaliyoti boshlandi!

  • Asosiy
  • Bitiruv oldi amaliyoti boshlandi!




Tasdiqlangan o‘quv rejasiga muvofiq, joriy yilning fervral oyidan Iqtisodiyot va menejment fakultetining 4-kurs talabalari uchun AKT sohasida bitiruv oldi amaliyoti jarayonlari boshlandi.

 Talabalar quyidagi maqsadli tashkilotlarga yo‘naltirildi:
• AT “Aloqabank”
• Ipak Yo‘li AITB
• “GT Moving” MCHJ
• “Cambridge Group” MCHJ
• MCHJ Group-IB TSHK
• MCHJ UIC Group
• “US IT SERVICES” MCHJ

Ushbu amaliyot jarayoni:
• Kadrlar tayyorlash sifati va mehnat bozori talablarini uyg‘unlashtiruvchi hal qiluvchi mexanizm;
• Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirib, ularni yuqori texnologik sohalarda raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi;
• Yosh mutaxassislarning kelajakdagi barqaror mehnat faoliyati va soha rivojiga hissa qo‘shishiga zamin yaratadi.

 Bitiruv oldi amaliyoti — bu nafaqat bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, balki professional tajriba orttirish va ishga tayyor mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyati!