


Birinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratildi
Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, tanlov natijalariga ko‘ra ikkinchi–beshinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga birinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish imkoniyati berildi.
Mazkur tartib maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
📌Belgilangan mezonlarga muvofiq keluvchi abituriyentlar arizalarini kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.