Bir qator universitet rektorlari hamda Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev  boshchiligidagi delegatsiya Qatar fan va texnologiyalar parki (Qatar Science & Technology Park)ga tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Bir qator universitet rektorlari hamda Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev  boshchiligidagi delegatsiya Qatar fan va texnologiyalar parki (Qatar Science & Technology Park)ga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 11-sentyabr kuni O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektorlari hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev  boshchiligidagi delegatsiya Qatar fan va texnologiyalar parki (Qatar Science & Technology Park)ga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrifda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilm-fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, “Qatar fan va texnologiyalar parki”ida O‘zbekistonlik talabalarini ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishga yuborish, shuningdek, “Qatar fan va texnologiyalar parki” va universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashish qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida “Qatar fan va texnologiyalar parki”ida amalga oshirilayotgan loyihalar, ilg‘or ishlanmalar delegatsiya a’zolariga tanishtirildi.