Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Binghamton universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida TATU delegatsiyasi Binghamton universitetida ilmiy ishlarning olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar, laboratoriyalar, tadqiqotlarni moliyalashtirish va amalga oshirish ekotizimi bilan tanishadilar.
Shuningdek, litiy ion batareykalarni ixtiro qilgan Nobel mukofoti sovrindori professor Stenly vittingham tomonidan tashkil etilgan tejamkor energiya laboratoriyasoga tashrif buyurishdi.
Ushbu laboratoriyada turli elektron qurilmalar uchun ishlab chiqariladigan yangi avlod batareykalari va ularni sinovdan o‘tkazilishi haqida tushunchalar va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng injinering yo‘nalishidagi barcha tadqiqot laboratoriyalari uchun tashkil etilgan ma’lumotlar markazi "DATA center"ga tashrif buyurdilar. U yerda universitet uchun tashkil etilgan xizmatlar undan tashqari yuqori unumdor kompyuterlar, tarmoq infratuzilmasini boshqarish uchun ajratilgan serverlar, ularni arxitekturasi va kommunikatsiya infratuzilmasi tanishtirildi.
Tashrif so‘ngida "DATA center"lar uchun energiya tejamkor sovutish tizimlarini tadqiq qilish laboratoriyasi ham tanishildi.