Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AQSHning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan Binghamton universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AQSHning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan Binghamton universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AQSHning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan Binghamton universiteti bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov va AQSHning Binghamton universiteti prezidenti H.Stenger tomonidan ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni o‘rnatish, ilmiy va akademik faoliyat doirasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

✅Binghamton universiteti prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida talabalarning akademik almashinuvi tizimini rivojlantirish, AQShlik professorlarini Sun’iy intellekt, Big Data, Cloud va IoT texnologiyalari kabi sohalarda ma’ruzalar o’qish va seminar-treninglar tashkil etish maqsadida TATUga jalb etishga kelishildi.

✅Shuningdek, tomonlar qo'shma seminarlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar, shu jumladan IEEE tashkiloti bilan hamkorlikda maqolalari SCOPUS bazasida indekslanadigan konferensiyalarni tashkil etishni rejalashtirdilar.