Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilining 21-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Raqamli iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirish yo‘lida axborot kommunikatsiya texnologiyalari transformatsiyasi bo‘yicha bilimlar hubini tashkil etish” mavzusidagi seminar davom etmoqda.
Ushbu seminar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi ko‘magida tashkil etildi.
Loyihaning asosiy maqsadi - Janubiy Koreyaning yetakchi Seul milliy universiteti hamda Kookmin universitetlari bilan hamkorlikda IT, innovatsiyalar va tijoratlashtirish boʻyicha mutaxassislarini jalb qilgan holda TATUda bilimlar almashish markazini tashkil etishdan iborat.