Bilimdonlar zakovatda bellashdilar.

  • Asosiy
  • Bilimdonlar zakovatda bellashdilar.

Bilimdonlar zakovatda bellashdilar.

💻Joriy yilning 11-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Kiberxavfsizlik fakulteti tashabbusi bilan she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi yilligiga bag‘ishlab "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🔆Bellashuvda jami 5 jamoa ishtirok etib, o‘yin ikki bosqichdan iborat bo‘ldi. Murosasiz baxslarga boy bo‘lgan o‘yinda “Kiberxavfsizlik” jamoasi uchinchi, “Google” jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘yinni mutlaq g‘olibi ya’ni 1-o‘rinni “Talents students” jamoasi qo‘lga kiritdi.

🏆 O‘yin yakunida g‘olib jamoalar, universitet boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alar, diplomlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.