“Beruniy” Davlat stipendiyasi muborak!

  • Asosiy
  • “Beruniy” Davlat stipendiyasi muborak!

O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi "O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi 226-son qaroriga muvofiq, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 5 oktyabrdagi 381-sonli buyrug‘i bilan 2015/2016 o‘quv yili uchun Beruniy nomli Davlat stipendiyasi soxiblari e’lon qilindi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan 3 nafari ushbu yilda Beruniy nomli Davlat stipendiyasini olishga sazovor bo‘ldilar. Ular: Dasturiy injinering fakulteti 4-bosqich talabasi Ubaydullaev Xusanboy Ilxomjon o‘g‘li, Kompyuter injinering fakulteti 4-bosqich talabasi Muxitdinova Muazzamxon Lutfulla qizi, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti 4-bosqich talabasi Abdullaeva Xurshida Karimberdi qizi lardir. Biz ularni erishgan ushbu yutuqlari bilan tabriklab, keyingi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.