🎓 Belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq, Kompyuter injiniringi fakulteti talabalari uchun joriy yilning 22-aprelidan bitiruv oldi amaliyoti boshlangan edi.
🙋 Kompyuter injiniringi 4-bosqich talabalari “Huawei Tech Investment Tashkent “ LLC “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, “O‘zkomnazorat” ,UZINFOCOM, UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari kabi qator tashkilotlarga amaliyotga yuborildi.
👥 Mutaxassislik fanlarini chuqur egallashda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinsa, mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalar akademik o‘qish davri mobaynida alohida o‘rin egallaydi.
📌 Eslatib o‘tamiz 2024-yil 11-may bitiruv oldi amaliyotining oxirgi kuni, bitiruvchi talabalarimizga keyingi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!