🎓 Belgilangan o‘quv grafigiga muvofiq, Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari uchun joriy yilning 22-aprelidan bitiruv oldi amaliyoti boshlangan edi.
🗒Kiberxavfsizlik fakulteti 4-bosqich talabalari “Kiberxavfsizlik markazi” DUK, “O‘zkomnazorat” Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Adliya organlari va muassalarida axborot kommunikatsiya texnalogiyalarini rivojlantirish markazi, “Toshkent Metropoliteni” DUK, UNICON.UZ - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, UZCARD kompaniyasi, “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari kabi qator tashkilotlarga amaliyotga yuborildi.
📌 Mutaxassislik fanlarini chuqur egallashda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinsa, mazkur bitiruv oldi amaliyoti talabalar akademik o‘qish davri mobaynida alohida o‘rin egallaydi.