TATUning professor-o’qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka jarayonlarini boshlashdi

  • Asosiy
  • TATUning professor-o’qituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka jarayonlarini boshlashdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o’rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitetimiz professor-o’qituvchilari tajriba almashish-stajirovkada ishtirok etishmoqda. Ushbu stajirovka jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.

Malaka almashish hamda stajirovkadan ko’zlangan maqsad, TATU va BDIRU o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo'shma fakulteti dars jarayoni uchun yangi o’quv materiallarni o’zlashtirish, o’zaro bir yillik o’quv-materiallarini yaratish va birgalikda fakultet uchun malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, 2018-yilning 13-sentyabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo'shma fakulteti (ITQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish borasida bitim imzolangan edi.
Amaliyot hisobotini yuklab oling pdf