Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

  • Asosiy
  • Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Vitebsk davlat universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

✅Uchrashuvda matematik injiniring, algoritmlash va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratilgan ta’lim dasturlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

✅Shuningdek, qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturlarini tashkil etish bo‘yicha har ikki universitetning imkoniyatlari o‘rganildi va kelgusida takliflarni ishlab chiqishga kelishildi.