Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori V.A.Bogush bilan uchrashuv

  • Asosiy
  • Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori V.A.Bogush bilan uchrashuv

🏛Joriy yilning 25-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Belarus Respublikasining Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori V.A.Bogush tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Xususan, TATU-BDIRU AT qo‘shma fakultetida kadrlar tayyorlash masalalari, ta’limni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, talabalarning o‘quv, texnologik va diplom (himoya) oldi amaliyotlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📌Uchrashuv so‘nggida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha Memorandum imzolandi.